
FAKT! “Qo‘qon-1912” chempionat bahslarida “Lokomotiv”ni biror marta ham mag‘lub eta olmagan
Superligasi 7-tur doirasidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi ertaga Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs oldidan "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 8 marta to‘qnash kelishgan. “Lokomotiv” o‘yinlarning 5 tasida zafar quchgan, 3 ta bahsda durang qayd etilgan.
To‘plar farqi – 17-6, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “temiryo‘lchilar” 18 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912”ning ochkosi 3 tani tashkil etadi.
Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:
09.07.2018 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:2
07.04.2018 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:1
25.10.2017 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 3:0
17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1
14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 4:0
30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3
16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2
24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:0
Boshlanish vaqtlari
“Lokomotiv” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, ertaga Toshkent shahridagi “Lokomtiv” stadionida soat 18:30da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 7-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin "Do‘stlik" stadionida soat 16:30da boshlanadi.
Fikrlar