Fabregas 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 15 avgust, 2019, 02:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" yarim ximoyachisi Sesk Fabregas Liga 1 musobaqasining ilk turida "Lion"(0:3)ga qarshi kechgan uchrashuvda qizil kartochka olgan edi.

Tecno

"Lion" klubi yarim ximoyachisi Leo Dyubuaga qarshi qo‘pollik uchun Fabregas qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu vaziyatni o‘rganib chiqqan Frantsiya professional futbol ligasi intizom qo‘mitasi Fabregasni 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

Endi Fabregas Frantsiya chempionatidan o‘rin olgan "Metts", "Nim" va "Strasburg"ga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Monako" safiga qishgi transfer oynasida "Chelsi"dan kelib qo‘shilgan. U "Arsenal" va "Barselona" kabi jamoalar sharafini ham ximoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!