
Evropada yangi iste’dod paydo bo‘ldi
Evropaning aksariyat grand klublari “Borussiya” sharafini himoya qilayotgan Jud Bellingamni zamonamizning eng zo‘r yarim himoyachisi sifatida tan oladi.
Bir necha klub angliyalik futbolchini olish uchun kurashmoqda. Dortmundliklar o‘z etakchisini 150 million evroga baholayotgani aksariyat klublarga og‘irlik qiladi. Shu bois, ayrim jamoalar muqobil variantlarni qidira boshladi.
Angliyalik skautlar “Real Sosedad” klubida o‘ynayotgan Martin Subimendining salohiyatini yuqori baholamoqda.
Transferlarga ixtisoslashgan jurnalist Saymon Fillips “Chelsi” 23 yoshli ispan futbolchisini nishonga olganini ma’lum qildi.
Londonliklar ispan klubi bilan bog‘lanib, transfer masalalarini muhokama qilishga kirishdi.
Fikrlar