
Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
UEFA rasmiy saytida Evropa ligasining hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan Leon Beyli ("Bayer"), Jovani Lo Chelso ("Tottenxem"), Maksimilian Bayer ("Xoffenxaym") va Ali Sou (TsSKA Sofiya) nomzodlari joy olgan.
Beyli va Sou kechagi o‘yinlarda dubl qayd etgan bo‘lsa, Lo Chelso "Antverpen"ga qarsha bahsda gol urdi va jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar