Evropa grandlariga Vinisius kerak emas
- 17-апрел, 21:12
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Vinisius Zhunior endi Evropaning yetakchi klublari e’tiboridan chetda qoldi. Braziliyalik futbolchining agentlari o‘z mijozining ehtimoliy transferini izlash maqsadida "butun Evropani" kezib chiqishdi, biroq natija bo‘lmadi - hech bir klub 2024 yildgi “The Best” sovrindori bilan shu yozda shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, deb xabar bermoqda Get French Football News.
Vinisiusning kelajagi haqidagi mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda, chunki yaqin oylarda uning Madridning "Real" klubi bilan shartnomasining so‘nggi yili boshlanadi. Braziliyalik futbolchi 2023 yilda yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnomasini 2027 yilning yozigacha imzolagan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, hatto "Chelsi" kabi ko‘p pul sarflaydigan klub ham 25 yoshli vinger bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmayapti.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 150 million yevroga baholamoqda.