
Evro-2020 saralashi. Portugaliyani engan Ukraina muddatidan avval qit’a chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor FIFA kunlari munosabati bilan ko‘hna qit’ada Evro-2020 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, kecha Ukraina o‘z maydonida Portugaliyani qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va shu tariqa muddatidan avval Evropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ukraina - Portugaliya - 2:1 (2:0)
Gollar: Yaremchuk, 6 - 1:0, Yarmolenko, 22 - 2:0, Ronaldu, 67 (penalti) - 2:1
Ukraina: Pyatov, Mikolenko (Plastun, 90), Krivtsov, Matvienko, Zinchenko, Marlos (Konoplyanka, 63), Karavaev, Malinovskiy, Stepanenko, Yarmolenko, Yaremchuk (Kovalenko, 73).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Ruben Diash, Semedu, Gerreyru, Danilu Pereyra, Joau Mariu (Bruma, 68), Gedesh (Joau Feliks, 46), Moutinyu (Brunu Fernandesh, 56), Bernardu Silva, Ronaldu.
Fikrlar