
Evro-2020. Chexiya g‘alaba evaziga Angliyadan o‘tib ketdi va peshqadamlikni qo‘lga oldi
Evropa chempionati 1-turidan o‘rin olgan Shotlandiya hamda Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida Patrik Shik bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochgan bo‘lsa, uning o‘zi ikkinchi taym boshida deyarli maydon markazidan bergan aniq zarbasi bilan oradagi farqni oshirdi.
Shunday qilib, ochkolari sonini 3 taga etkazib olgan chexlar birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu guruhda shuningdek, Angliya hamda Xorvatiya terma jamoalari ham o‘rin olgan.
Fikrlar