Evro-2020. Avstriya muvaffaqiyatli start oldi

  • 13 iyun, 2021, 23:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati 1-turidan o‘rin olgan Avstriya hamda Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Unda nominal mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

18-daqiqada Shtefan Layner aniq zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib, Goran Pandev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. O‘yin yakuniga qadar Gregorich va Arnautovich Dimitrievskiy darvozasini ishg‘ol etib, Avstriyaga g‘alaba keltirdi.

Shunday qilib, Alaba jamoadoshlari guruh karvonboshiligini qo‘lga oldi. Mazkur to‘rtlikdan shuningdek, Niderlandiya hamda Ukraina terma jamoalari ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!