"Everton"dan keyin "Siti" va "Chelsi"ga yanada jiddiy jazo berilishi mumkin. Ikki jamoaning Chempionshipga tushib ketish xavfi bor!

  • 18 noyabr, 2023, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliyaning "Everton" klubidan APLda 10 ochko olib tashlandi. Bunga sabab jamoa moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani aytilmoqda. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, liverpulliklardan so‘ng Angliyaning yana ikki jamoasi shu holat bo‘yicha jazolanishi mumkin. Bu haqda huquqshunos Stefan Borson xabar berdi. 

"Agar "Everton"dan 10 ochko olib tashlangan bo‘lsa, "Manchester Siti" va "Chelsi" ligadan tushib ketishi kerak bo‘ladi", - dedi Stefan.

Manchester klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblangan 115 holatga duch kelgan. Londonliklar esa Roman Abramovich davridagi to‘lovlar masalasida tekshirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!