Ertaga qaysi bokschilarimiz Olimpiadada ringga chiqadi?

  • 2 avgust, 2021, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Ertaga 3 avgust kuni 3 nafar bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida chorak final bahslarini o‘tkazadi.

Tecno

Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 07:15 da Shahobiddin Zoirov filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga ko‘tariladi. So‘ngra soat 08:03 da Elnur Abduraimovning armanistonlik Ovanes Bachkovga qarshi janggi boshlanadi.

Kunning ikkinchi yarmida, aniqrog‘i soat 13:00 da kurashni davom ettirayotgan yagona ayol bokschimiz – Rayxona Qodirova braziliyalik Beatris Yasmin Ferreyraga qarshi ringga chiqadi.

Biz yuqorida nomlari tilga olingan barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
IBROHIM USMON ALI Qiroat va nashida
02/08/2021 11:20
Bokschilarimizdan umid qilamiz oltin medal, lekin hakamlar bilan ham kurashish kerak bo'ladi.
Kurashcilarga bilmadim nima bo'lgan. Zo'rga bronza oldi bitta kurashchimiz. Qo'pol bo'sa ham aytaman, bular hammasi korrupsiyani mevasi deb o'ylayman.