
Eronlik futbolchi 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Eronlik futbolchi Amir Reza Azadani 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
"Traktor" jamoasi sobiq himoyachisi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlab, uch politsiyachini o‘ldirishda ishtirok etganlikda, shuningdek, jamoat xavfsizligini buzish va noqonuniy guruhlarga a’zolikda ayblangan.
Umuman olganda, u jazoning ma’lum vaqtini qamoqda o‘taydi. Futbolchi 16 yilni qamoqda o‘tkazadi. Bu unga qo‘yilgan jinoyatlar uchun maksimal muddat.
Avvalroq, OAV Amir Azadani o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergandi. Biroq Eron rasmiylari bu ma’lumotni rad etdi.
Fikrlar