Eronga qarshi bahsdan avval Milliy terma jamoamizda katta yo‘qotish

  • 21 mart, 15:30
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronga qarshi muhim bellashuvda Milliy terma jamoamiz etakchilaridan biri hisoblangan Jaloliddin Masharipov ishtirok eta olmaydi. 

Gap shundaki, kechagi uchrashuvdan avval 6 nafar futbolchimiz ehtiyotkor bo‘lib o‘ynashi talab etilardi. Agarda ushbu 6 o‘yinchidan biri sariq kartochka bilan jazolansa, Tehronda bo‘ladigan bahsni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Afsuski, bo‘lib o‘tgan o‘yinning 56-daqiqasida Masharipov sariq kartochka olib, Eronga qarshi maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi. 

Jaloliddindan tashqari, Eldor Shomurodov, Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiev, Bobir Abduxoliqov, Sherzod Nasrullaev kabi futbolchilar ham sariq olmasliklari shart edi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy terma jamoamiz Eronga qarshi uchrashuvini 25 mart kuni o‘tkazadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фидойи
21/03/2025 22:23
Бу терма жамомиз учун ижобий булади. Чунки Машарипов оркага ошириб хужумни улдиради. Финтлари умумман фойдасиз. Кечаги сарикниям атай килди
Baxil Alihuja
21/03/2025 17:08
машарипов атайлаб килган булса керак?..
хар холда мард йигитни ишини килмади