
Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga borishga ruxsat berildi
Erondagi ayollarga futbol o‘yinlariga borishga ruxsat beriladi.
Bu haqda Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Taj ma’lum qildi. Qaror mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan tasdiqlangan.
“Ayollarga stadionlarga kirishga ruxsat beriladi. Yaxshiyamki, Milliy xavfsizlik kengashi bu masalani ma’qulladi. Buni qanday amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Ichki ishlar vazirligi, Sport va yoshlar siyosati vazirligi, Futbol federatsiyasi va ikkita axborot agentligi ayollarning o‘tish tafsilotlarini rejalashtirmoqda”, - dedi Taj.
Eronda 1979-yilgi Islom inqilobidan keyin ayollarga erkaklar jamoalari ishtirokidagi futbol o‘yinlariga borish taqiqlangan edi.
So‘nggi paytlarda ayollarga ba’zan o‘yinlarga, masalan, Eron va Rossiya o‘rtasidagi o‘yinga borishga ruxsat berilgan, ammo ruxsatnoma rasmiylashtirilmagan.
Fikrlar