
Eron chempionati. Bugun har ikki legionerimiz jamoalari o‘ynaydi
Bugun Eron chempionati 28-tur o‘yinlariga start beriladi.
Legionerlarimiz harakat qiladigan klublar bugun o‘z uchrashuvini o‘tkazadi. Xususan, Sherzod Temirov harakat qilayotgan "Persepolis" jamoasi "Traktorsozi" mehmoni bo‘ladi. Bahs 19:30 da start oladi.
Shuningdek, "Istiqlol" o‘z maydonida "Alyuminium Arak" klubini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. Tehronliklar safida Aziz Amonov harakat qilishidan xabaringiz bor.
Bugungi qarama-qarshiliklar oldidan turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.
Fikrlar