Eron chempionati. Bugun Amonov o‘rtamiyona, Temirov autsayderga qarshi o‘yin o‘tkazadi

  • 11 mart, 2022, 11:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Eron Premer-ligasi 22-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Tecno

Aziz Amonov harakat qilayotgan "Istiqlol" klubi o‘z maydonida "Sanat Naft" jamoasini qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan. Mazkur o‘yin oldidan "Istiqlol" turnir jadvalida peshqadam, "Sanat Naft" esa 7-o‘rin egasi hisoblanadi.

Yana bir legionerimiz Sherzod Temirov ko‘chib o‘tgan "Persepolis" klubi tur o‘yinini mehmonda o‘tkazadi. Behnam Muhammadi stadionida kechadigan bellashuvda ularga "Naft Meshhed" raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik bizning vaqt bilan soat 19:30 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!