Erkin kurashchilarimiz Turkiyada ajoyib natijalar qayd etishdi

CHERY AUTO

9 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida erkin kurash bo‘yicha "Yasar Dogu-2020" an’anaviy xalqaro turniri start olgan edi. Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi desak yanglishmaymiz. Sababi, joriy yil hisobidan o‘rin olgan ilk turnirda -70 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Ilyas Bekbo‘latov finalda mezbon kurashchi Xaydar Yavuzni mag‘lub etib,oltin medalni qo‘lga kiritdi. -57 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan G‘ulomjon Abdullaevdan esa finalda biroz omad yuz o‘girib, bolgariyalik Georgiy Vangelovga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi. -97 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov xuddi Braziliyadagi kabi bronza medali sohibiga aylandi. 

Tecno

Eng og‘ir vaznli kurashchimiz ya’ni, -125 kgda gilamga chiqadigan Hasanboy Rahimov bronza medali uchun bahsda mezbonlar vakilini mag‘lub etib, shohsupadan o‘rin oldi. Hasanboy Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritgan edi.

64736355_477143623043353_6381506440401518592_n

64872111_452426852219468_8216464100163584000_n

64979539_501955667268349_6761751263894831104_n

65011247_2370111783273155_6072050438952189952_n

81880429_1313073982211188_3833106626320007168_n_1

66424970_699314687188063_5606249712303734784_n

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!