Entoni Joshua va Daniel Dyubua o‘rtasidagi revansh sanasi ma’lum

  • 15 oktabr, 2024, 17:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Turki Al ash-Sheyx IBF yo‘nalishida jahon chempioni Daniel Dyubua va sobiq ikki karra chempion Entoni Joshua o‘rtasidagi revanshning sanasini ma’lum qildi.

Tecno

"Ikki bokschi o‘rtasidagi jang 2025 yil 22 fevralida Ar-Riyodda o‘tkaziladi. Aynan qaysi arenada bo‘lishi keyinroq e’lon qilinadi", - dedi Turki Al ash-Sheyx matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda Dyubua Joshuani 5-raundda nokautga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!