
Eng ko‘p daromad qilgan sportchilar ro‘yxatida Ronaldu ikki, Messi uchinchi o‘rinni egalladi
Shvetsariyalik tennischi Rojer Federer 2019 yil maydan 2020 yil mayigacha eng ko‘p daromad topgan sportchiga aylandi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarning 20 karra chempioni o‘tgan davr mobaynida 106,3 million evro ishlab topdi.
Kuchli uchlikdan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu (105 million dollar) va argentinalik forvard Lionel Messi (104 million dollar) joy oldi.
Ro‘yxatning o‘ntaligidan futbolchilar orasidan braziliyalik hujumchi Neymar (95,5 million dollar) o‘rin egallay oldi.
Fikrlar