Endrik: "Ronalduni qaysi klubda bo‘lmasin kuzatib boraman"
- 20-апрел, 15:23
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Lion" jamoasi hujumchisi, Madriddning "Real" klubidan ijaraga berilgan Endrik o‘zining kumiri Krishtianu Ronalduni haqida fikr bildirdi.
"Menda "Manchester Yunayted"ga nisbatan alohida munosabat bo‘lgan, chunki Krishtianu o‘sha klubda o‘ynab, katta yutuqlarga erishgan. Men uning faoliyatini diqqat bilan kuzatib kelganman, MYu, "Real", "Yuventus", keyin esa "An-Nasr"da o‘ynagan paytlarida ham videolarini ko‘rib borganman. U qaerga bormasin, men uning o‘yinini kuzatishda davom etaman" — dedi Endrik.
Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy yil fevral oyida portugalik yulduz 41 yoshini nishonladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q