
Koronavirus Elina Svitolinaga ham zara etkazdi
Xabaringiz bor, Kaliforniyaning Indian-Uells shahrida 9-22 mart kunlari ayollar o‘rtasida o‘tishi kerak bo‘lgan "Indian Wells WTA Premier Mandatory" musobaqasi koronavirus sabab bekor qilingan edi.
Shu tariqa, tennischilarga ochko ham berilmaydi va shu bilan birga o‘tgan yilgi reyting ochkolarini ham himoya qila olmaydi.
Bu esa bir qator tennischilarning reyting jadvalidagi o‘rinlarini pasayishiga sabab bo‘ladi. Ukrainalik tennischi Elina Svitolina mazkur holat sabab reyting jadvalining kuchli beshlik bilan xayrlashadi va oltinchi pog‘onadan o‘rin oladi.
Fikrlar