Eldor va Abbos, xushyor bo‘linglar!

  • 16 sentabr, 17:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga katta umidlar bilan kirgan va qisqa muddatda Konferentsiyalar ligasidan chiqib ketgan “Istanbul Bashakshehir”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Tecno

Istanbulliklar Turkiya Superligasida ham dastlabki uchta uchrashuvdan birortasida g‘alaba qozona olmadi.

Bundan buyon jamoani musobaqalarga Evropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Nuri Shaxin tayyorlaydigan bo‘ldi.

Klub rahbariyati tarkibini kuchaytirish maqsadida Frantsiya chempionatidan uch nafar futbolchi olib keldi. Bungacha “Renn” sharafini himoya qilgan darvozabon Dog‘an Alemdar va hujumchi Bertug‘ Yildirim istanbulliklar bilan to‘rt yillik shartnoma tuzdi.

Shuningdek, “Marsel” yarim himoyachisi Amin Xarit ijara asosida “Bashakshehir”da o‘ynaydigan bo‘ldi.

Ma’lumki, “Istanbul Bashakshehir” yozgi transferlar davrida “Roma”dan o‘zbekistonlik markaziy hujumchi Eldor Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgandi. Bugungi kunda 30 yoshli legionerimiz jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib ulgurdi.

Shomurodov Konferentsiyalar ligasida oltita va Superligada uchta uchrashuvda ishtirok etib, o‘tgan turda “Beshiktosh” darvozasini ishg‘ol qildi. Yangi kelganlardan Bertug‘ Yildirim ham markaziy hujumchi hisoblanadi va Shomurodovning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisidir. 

Yangi forvard hujum markazidan tashqari o‘ng qanot hujumchisi vazifasini ham bajara oladi. Eldor esa, bu borada universal. Hamyurtimiz hujum chizig‘ining istalgan nuqtasida samarali harakat qiladi.

“Istanbul Bashakshehir” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan Abbosbek Fayzullaev hali jamoaga to‘liq moslashib ketgani yo‘q. Shu paytgacha murabbiylar shtabi 21 yoshli hujumkor futbolchimizni ko‘pincha zaxiradan maydonga tushirib kelmoqda.

O‘z davrida Marokash terma jamoasida o‘ynagan Amin Xaritning maydondagi pozitsiyasi Abbosbek Fayzullaevniki bilan bir xil. Har ikki futbolchining asosiy ampluasi markaziy yarim himoyachi bo‘lsa-da, har ikki qanotdan hujum uyushtirishi mumkin.

“Istanbul Bashakshehir” keyingi yillarda muntazam Evrokuboklarda ishtirok etishga alohida e’tibor berib kelmoqda.  Joriy mavsum ham jamoa oldidagi vazifa o‘zgargani yo‘q.

Biz uchun muhimi esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida  ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadigan mavsumda legioner o‘yinchilarimiz, xususan, Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov o‘z klublarida etakchi rollarda bo‘lishi kerak...

Angliya Husanovni tan oldi

Husanov “Siti” teshigini “devor” bo‘lib yopyapti

BBC: Husanovga alohida rahmat!

Husanov Gvardiolani lol qoldirdi...

Husanov Lamin Yamalni to‘xtata oladimi?

Shomurodov qaysi mashhur klublarga gol urgan?

“Manchester Yunayted” yulduzlarini o‘tkazmagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Shomurodov haqida ustozi nima dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!