Eldor Shomurodov: "Roma"ga qaytdim!
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026 saralashi" doirasidagi Turkmaniston va Eronga qarshi uchrashuvlar oldidan mashg‘ulotlarga kirishdi. Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov mazkur bahslar oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Mana bugun yig‘inni boshladik. Hammaning kayfiyati a’lo darajada. Ko‘pchilik o‘z chempionatini tugatib keldi. Ta’tilga chiqishdan avval juda muhim bo‘lgan ikkita o‘yin bor. Guruhdan chiqib bo‘lganmiz, lekin biz uchun guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqish juda muhim. Har ikkala o‘yinda ijobiy natija qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
- Evropada mavsum tugadi. Faoliyatingizni qaerda davom ettirasiz?
Kontraktim bo‘yicha "Roma"ga qaytdim. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hech narsa aniqmas.
- Olimpiadaga borasizmi?
Chaqirishsa, albatta boramiz. Klub ham ruxsat berishi kerak. Olimpiadaga borish va qatnashish men uchun sharaf. Agar murabbiy shuni hohlasa, boramiz.
Turkmaniston bor kuchi bilan harakat qiladi. Ochko ularga ko‘proq kerak va uchinchi o‘rin uchun kurashib ko‘rishadi. Qanchalik jiddiy o‘yinlar kutib turganini tushunib turibmiz. Turkmanistonni uyimizda yutishimiz shart, deb o‘ylayman.
Eronga qarshi guruh peshqadamligi uchun o‘ziga xos derbi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu o‘yin ham biz uchun juda muhim. To‘g‘risini aytsam, "Ozodiy" stadionida bir marta o‘ynaganman. Lekin hozir hamma narsa o‘zgargan. Bizga eng muhimi ijobiy natija ko‘rsatib, g‘alaba qozonish", - dedi Shomurodov.
Fikrlar