Eldor Shomurodov OFK tomonidan e’tirof etildi

  • 6 iyul, 2022, 13:25
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti Evropaning kuchli klublarida o‘ynaydigan osiyolik bir qator futbolchilarni e’tirof etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Quvonarlisi, ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor.

Tecno

- Eldor Shomurodov Evropaning eng kuchli ligalarida o‘zbekistonlik va markaziy osiyolik futbolchilar nimalarga qodir ekanligini isbotlab berdi.

2020 yilda Shomurodov Ilyos Zeytullaevdan keyin A seriyada o‘ynagan ikkinchi o‘zbekistonlik bo‘lish uchun “Jenoa”ga ko‘chib o‘tdi. Uning ko‘k-qizil libosdagi o‘yini Joze Mourino e’tiboriga tushdi va u Italiya poytaxtiga ko‘chib o‘tdi.

27 yoshli futbolchi “Roma” safidagi debyutini “Fiorentina”ga qarshi o‘yinda (3:1) golli uzatma bilan nishonladi va mavsumni 39 o‘yinda 5 gol va 6 golli uzatma bilan yakunladi. May oyida Shomurodov UEFA turnirida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi bo‘ldi. Uning finaldagi ishtiroki va ikkita golli uzatmasi rimliklarga UEFA Konferentsiyalar ligasining birinchi chempionligini qo‘lga kiritishiga yordam berdi, - deyilgan tashkilot rasmiy saytida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Каримов Нозиржон
06/07/2022 16:35
Рекламани йукатинглар илтимос укиб булмай колди