Ekitike: "PSJdagi davrim men uchun foydali bo‘ldi"

  • 8 sentabr, 15:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik hujumchi Yugo Ekitike PSJda o‘tkazgan ikki mavsumini ijobiy baholadi. Parijliklar safida u barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan edi.

Tecno

"Menda na Kristof Galtega, na PSJga nisbatan hech qanday yomon his yo‘q. Bu men uchun o‘qish va tajriba orttirish davri bo‘ldi. Futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham katta qadam tashladim", – dedi hozirda "Liverpul" va Frantsiya terma jamoasi forvardi.

Eslatib o‘tamiz, yozda 'qizillar" Ekitikeni 95 million evro evaziga "Ayntraxt"dan sotib oldi. Bundan oldin u aynan shu klubga PSJdan taxminan 35 million evro uchun ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!