
EChL. "Yuventus" o‘z maydonida sharmandali tarzda turnir bilan xayrlashdi!
Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Vilyarreal" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda turinliklar 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
77-daqiqada Jerar Moreno o‘yinda hisobni ochdi. 85-daqiqada Pau Torres oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqada Gruneveld hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Shu tariqa, "sariq suv osti kemasi" EChL chorak finaliga yo‘l oldi. Allegri va uning shogirdlari uchun turnir shu erda nihoyasiga etdi.
Fikrlar