
EChL. PSJ - "Arsenal" uchrashuvi oldidan!
"Bugun EChL yarim final javob uchrashuvida Parijning PSJ hamda Londonning “Arsenal" jamoalari “Park de Prens” stadionida final yo‘llanmasi uchun baxs olib boradi.
“Emireyts”dagi dastlabki o‘yinda Usmon Dembelening yagona goli evaziga PSJ g‘alaba qozongan edi. O‘z uyidagi mag‘lubiyatiga qaramay, London klubi ham jangovor o‘yini evaziga g‘alaba qozonib final chiptasiga ega chiqishlari mumkun. Bellashuv oldidan bir qancha jihatlarga e’tibor qaratdik.
Yo‘qotishlar.
"Arsenalda yo‘qotish masalasida jiddiy muammolar bor. Markaziy himoya chizig‘ida Gabriel Magalyaynsh chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafiori, o‘ng qanotda Yurrian Timber, yarim himoya chizig‘ida Jorjino, hujumda esa Kay Haverts va Gabriel Jesus bo‘lg‘usi baxsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
PSJ da esa deyarli yo‘qotishlar yo‘q, desa ham bo‘laveradi. Faqatgina markaziy himoyachi Presnel Kimpembe jarohat sabab ushbu baxsni o‘tkazib yuboradi.
O‘yin uslubi va ustun tomonlari.
Tezkor vingerlari va kuchli yarim himoya chizig‘iga ega parijliklar ushbu baxsda ham ko‘proq qarshi hujumlarga tayanib o‘ynashi ham mumkun. Hvicha Kvaratsxelia, Due va katta extimol bilan zahiradan o‘yinga qo‘shilishi kutilayotgan Bredli Barkola londonliklar himoyachilari uchun etarlicha bosh og‘rig‘i bo‘lishi tabiiy. Yakunlovchi rolida esa "Oltin to‘p" uchun asosiy davogarlardan hisoblangan Usmon Dembele kichik jarohatdan qaytganiga qaramasdan, optimal formasiga qaytishga xarakat qiladi. Xujumlar tashkil etishda esa Vitinya Parij klubi lideri hisoblanadi va ko‘p narsa unga ham bog‘liq.
"Arsenal" esa tartibli himoya va pozitsion o‘yin evaziga o‘yin masalasini hal qilishga urinib ko‘radi. Jamoaning asosiy quroli esa standart vaziyatlar hisoblanadi. Arteta shogirdlari bu masalada top-5 chempionatlar orasida eng ko‘p foydalangan jamoalardan hisoblanadi. "To‘pchilar"ning hujumini belgilab berishda Deklan Rays asosiy rol o‘ynasa, qanotdan yorib kirish vazifasini Bukayo Saka va Martinelli o‘z zimmasiga oladi.
Tahminiy tarkiblar:
PSJ: Donnaruma, Nuno Mendesh, Pacho, Markinos, Xakimi, Fabian Ruiz, Joao Nevesh, Vitinya, Kvaratsxelia, Dembele, Due;
"Arsenal": Raya, Uayt, Saliba, Kivyor, Luis Skelli, Edegor, Parti, Rays, Saka, Merino, Martinelli;
Shunday ekan, ushbu baxsda bir jamoaning total ustunligini ko‘rmasligimiz mumkun. Balki taktika va murabbiylar jangi guvohi bo‘larmiz. Har holda super murabbiylar va katta afishaga ega o‘yin muxlislarni zeriktirib qo‘ymasa kerak.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Arsenal" uchrashuvi bugun tungi soat 00:00da start oladi. O‘yinni Felix Zvayer boshqarib boradi.
Ulug‘bek Hoshimov
Fikrlar