EChL chempioni va La Liga peshqadami ishtirokidagi o‘yinlar uchun prevyu

  • 9 dekabr, 2020, 20:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining eng so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Barcha guruhlardaga holat ancha qizg‘in, "o‘lim guruhlari"dagi vaziyat esa odamni shokka solishi hech gap emas. Kecha jami 4 ta guruhda keyingi bosqich masalasi deyarli hal bo‘lib ulgurdi. Faqatgina PSJning qoldirilgan o‘yini tufayli «guruhida hali hech narsa aniq emas. Bugun oqshomdagi o‘yinlar orqali yana 4 ta guruhdan pley-offga yo‘l oluvchi jamoalar nomi oydinlashadi. Biz bugun siz bilan «guruhining ikki grandi ishtirokidagi bahslar haqida gaplashamiz. Ishonamizki, bu erdagi vaziyat sizlarni zeriktirib qo‘ymaydi. Boshladik.

Tecno

Bavariya” - “Lokomotiv”

Eox482wXEAAH3ug

«Bavariya»

Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi va Bundesliga peshqadami bo‘lmish Myunxenning “Bavariya” klubi bu mavsum ham xuddi o‘tgan galgisi kabi sermahsullik namoyish etmoqda. Nemis klubi EChLning dastlabki 5 turida 4 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan holda guruhda 1-o‘rinni naqd qilib ulgurgan. O‘tgan turda 2-tarkibi bilan Madriddan bir ochko bilan qaytgan myunxenliklar so‘nggi 5 o‘yinda 2 ta g‘alaba va 3 ta durangga erishdi. Klub tarkibidagi turli jarohatlar va yo‘qotishlar bora-bora jamoaning natijalariga ham ta’sir qilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, kuchli jamoa bo‘lib shakllangan Flik shogirdlari hozircha yo‘qotishlarsiz o‘z yurishini davom ettirmoqda. Bugun ularda hech qanday bosim yo‘q, o‘yin qanday natija bilan yakunlanishidan qat’i nazar, “Bavariya” keyingi bosqichga 1-o‘rin bilan yo‘l oladi.

Taxminiy tarkiblar: Noyer; Sarr, Zyule, Alaba, Richards; Musiala, Roka, Goretska; Gnabri, Shupo-Moting, Kosta.

O‘ynamaydi: Kimmix, Martines, Tolisso, Ernandes, Boateng, Devis, Levandovski (dam berildi).

Xansi Flik:Muvaffaqiyatni abadiy saqlab qolishning iloji yo‘q. U sizga vaqtinchalikka beriladi. Lekin uni qancha ko‘p vaqt ushlab turish o‘zingizga bog‘liq. Tarkib borasidagi muammolarimiz sekin-asta kamaymoqda. Shunday ekan, biz yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz”.

«Lokomotiv»

Moskvaning “Lokomotiv” klubi uchun EChLning yangi mavsumi u qadar omadli kelmadi. Klub 5 ta turdan so‘ng jami 3 ochko qo‘lga kiritgan holda guruhda so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 3 ta durang orqali 3 ochkoga ega bo‘lgan Marko Nikolich shogirdlari “Atletiko”ga 2 o‘yinda ham yutkazmaganliklari bilan faxrlanib yurishlari mumkin. Umuman olib qaraganda, ruslarda Evropa Ligasiga chiqish uchun kichik bo‘lsa-da, imkoniyat saqlanib qolgan. Buning uchun ular bugun nemislarni engishi va “Atletiko”ning Zaltsburgdan g‘alaba bilan qaytishini niyat qilib turishlari lozim. To‘g‘ri, bu juda qiyin vazifa, lekin shunday bo‘lsa ham, ularning yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Shuning uchun «temiryo‘lchilar» bugun borini berib o‘ynaydi va maksimum natija qayd etishga harakat qiladi.

Taxminiy tarkiblar: Gilerme; Chorluka, Jivoglyadov,Serkeyra, Ribus; Ignatev, Miranchuk, Krixovyak, Magkeev; Lisakovich, Eder.

O‘ynamaydi: Barinov, Ze Luish, Lisov, Smolov, Kulikov.

Marko Nikolich: Jamoam bugun yaxshi o‘yin namoyish etishini istayman. “Bavariya” bugun qanday tarkibda maydonga tushishi ahamiyatsiz, ularda baribir etarlicha klass bor. Bizda ham tarkib bo‘yicha muammolar bor, biroq mo‘’jiza ko‘rsatish uchun borimizni berib harakat qilamiz. Muhimi, biz bahorda ham Evropada o‘ynashni istaymiz”.

EovSaAfXIAUYXfl

Red Bull” Zaltsburg - “Atletiko” Madrid

Red Bull” Zaltsburg

Avstriya chempionlari o‘tgan mavsumdagi to‘purari Erling Xolandni “Borussiya”ga sotib yuborganidan so‘ng ham, EChLdagi shahdam yurishini davom ettirmoqda. Klubda gol urish bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q, avstriyaliklar deyarli har bir bahsda 2+ gol urishga muvaffaq bo‘lmoqda. Madriddagi bahsda 1-2 hisobida oldinda bora turib, yakunda 3-2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, o‘z uyida esa “Bavariya”ga 2 ta gol urib, ularga etarlicha raqobat namoyish etgan. Xullas, “Red Bull”da gol urish muammo emas. Muhimi ustunlikni saqlab qolish. Jamoa bu mavsum juda ko‘p o‘yinlarda hisobda oldinda bora turib, oxirida mag‘lubiyatga uchragan. Barqarorlikni saqlab turish evaziga ular pley-offga yo‘l olishi mumkin. Bugun g‘alaba qozongan taqdirda, Zaltsburg klubi 2-o‘rin bilan guruh bosqichini yakunlaydi. Bunga erishish uchun esa, ular bugun borini berib o‘ynashi shart, durang jamoani qoniqtirmaydi.

Taxminiy tarkiblar: Stankovich; Ulmer, Vober, Ramalo, Kristensen; Soboslai, Ashimeru, Junuzovich, Mvepu; Koita, Berisha.

O‘ynamaydi: Berned, Kamara.

Jessi Marsh: “Shiddat va ixchamlik - bizning uslubimiz. Borimizni berib o‘ynaymiz, 1-gol barchasini hal qilishi ham mumkin. Birinchi gol urgan taqdirimizda, “Atletiko”ning o‘zi bizga sharoit yaratib berishi mumkin. Muhimi yaxshi start. Hammasi shunda hal bo‘ladi”.

Eou3_nUXIAEP2pB

Atletiko” Madrid

Amaldagi La Liga peshqadamlari yangi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ziga o‘xshamayapti. Madrid klubi ilk turda myunxenliklardan 0-4 hisobida qaqshatqich zarbani qabul qilib olgach, 2-turda “Red Bull”ni o‘z uyida zo‘rg‘a mag‘lub etdi. Uchinchi va to‘rtinchi turlarda “Lokomotiv”ni yuta olmagan madridliklar 5-turda 2-tarkibi bilan Madridga tashrif buyurgan “Bavariya”ni ham enga olmadi va hozirda 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. 1/8 finalga yo‘l olish uchun ular bugun kamida durangga erishishlari lozim. Mag‘lubiyat ularni Evropa Ligasiga ravona qiladi. Shu sababli ular bugun mehmonda qizg‘in kurash taklif etishlari shubhasiz. Yana kim bilan? Har turda 2+ gol uradigan jamoa bilan. O‘yinda zerikib qolmasligingiz aniq.

Taxminiy tarkiblar: Oblak; Savich, Felipe, Ermoso; Tripper, Koke, Karrasko, Lorente, Saul; Felish, Suares, Korrea.

O‘ynamaydi: Kosta, Ximenez.

Diego Simeone: «Zaltsburg» klubi - jasur murabbiyning jasur jamoasi! Ular sizga tengma-teng kurash taklif qiladi, ochiq o‘ynaydi. “Bavariya”ni ham 80-daqiqaga qadar bo‘g‘ib qo‘ygani barchani yodida. Ular sizni to‘psiz o‘ynashga majbur qiladi va tezkor javoblar qaytaradi. Muhimi, biz o‘zimizga ishonamiz”.

EovZPwMXEAoKKec

Hulosa o‘rnida

«A» guruhi qur’a tashlangan paytdayoq etakchi va autsayderlarini topib bo‘lgan edi. Biroq “Atletiko”ning bunday beqaror o‘yini barcha xulosalarni unchalik to‘g‘ri bo‘lmaganini ko‘rsatib qo‘ydi. Vaziyat ancha qiyin holga kelib qolganligi tufayli bugun ularning xato qilishga haqqi yo‘q. Shu bois, katta ehtimol bilan Simeone eng kuchli o‘yinlaridan birini ko‘rsatishi kutilmoqda. Intrigasiz o‘ynaydigan myunxenliklar esa baribir g‘alaba uchun harakat qilishi va katta ehtimol bilan bunga erishishi kutilyapti.

Albatta, bularning barchasi taxmin, barchasiga maydonda guvoh bo‘lamiz.

Abdulla Mannonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!