
EChL. Bugun ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ladi
Chempionlar ligasida ham mavsum o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Londonda bo‘lib o‘tadigan finalga chiqish uchun bugun PSJ va "Borussiya" o‘zaro kuch sinashadi.
Dastlabki o‘yinda Fyullkrugning yagona goli evaziga dortmundliklar zafar quchgandi. Endi ular "Park de Prins"da hisobni ushlab qolish, yoki yana g‘alaba qozonishga harakat qilsa, Luis Enrike shogirdlari revansh uchun maydonga chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da start oladi. Shu bilan birga, "Sport" telekanali orqali translyatsiya qilinadi.
Fikrlar