
EChL. "Bryugge"ning bu safargi o‘ljasi "Atletiko" bo‘ldi. 3-tur doirasidagi qolgan natijalar bilan tanishing
Evropa Chempionlar ligasi "D" va "B" guruhlarida 3-tur doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kutilmaganda, "Bryugge" o‘z maydonida "Atletiko"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, "B" guruhida 9 ochko to‘plagan holda etakchiga aylanib oldi. Shuningdek, ushbu kvartetning ikkinchi bahsida "Portu" "Bayer"ni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mavsumdagi ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi. "D" guruhi doirasidagi “Ayntraxt” – “Tottenxem” bellashuvida esa hisob ochilmadi.
“Portu” – “Bayer” 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 69 Sanusi, 2:0 – 86 Galeno.
“Portu” – Diogu Koshta, Joau Mariu (Galeno, 63), Pepe, Karmu, Vendell (Sanusi, 63), Brunu Koshta (Otavio, 46), Uribe (Gruyich, 83), Eushtakiu, Taremi, Evanilson (Toni Martines, 71), Pepe.
“Bayer” – Gradetski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Inkapie, Arangis (Amiri, 79), Andrix (Demirbay, 72), Xadson-Odoi (Fosu-Mensa, 86), Shik, Diabi, Glojek (Adli, 72).
Ogohlantirishlar: Inkapie (40), Joau Mariu (50), Frimpong (52), Andrix (56), Uribe (61), Karmu (90).
Chetlatish: Frimpong (88).
“Bryugge” – “Atletiko” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 36 Soua, 2:0 – 62 Yutgla.
“Bryugge” – Minole, Odoi, Mexele, Silla (Spilers, 89), Meyer (Sobol, 79), Nilsen, Vanaken, Nvadike, Byukenen (Balanta, 79), Soua, Judjla (Nusa, 86).
“Atletiko” – Oblak, Molina, Savich, Ximenes (Kondogbia, 46), Reynildu, Lorente (Korrea, 33), Karrasko (Joau Feliks, 80), Koke, Vittsel, Grizmann, Morata (Mateus Kunya, 65).
Ogohlantirishlar: Simeone (29), Odoi (37), Nvadike (45), Reynildu (53), Savich (61), Byukenen (70), Minole (76), Silla (88).
“Ayntraxt” F – “Tottenxem” 0:0 (0:0, 0:0)
“Ayntraxt” F – Trapp, Xasebe, Ndika, Tuta, Yakich, Rode (Pellegrini, 71), Sou, Kamada, Lindstrem (Ebimbe, 87), Kolo-Muani (Borre, 57), Knauff.
“Tottenxem” – Loris, Emerson, Dayer, Langle (Devis, 78), Romero, Perishich (Sessenon, 71), Xeyberg, Bentankur, Son Xyn Min, Keyn, Risharlison (Xil, 79).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (44), Langle (74), Keyn (84).
Fikrlar