Dunyoning eng ko‘p sovrin yutgan futbolchisi qamoqxonada nima ishlar qilmoqda?

  • 30 mart, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Dani Alves qamoqxonada yakuniy hukmni kutmoqda, lekin uning ham bo‘sh vaqti ko‘p va kameradoshlari bilan muloqotga muhtoj. Bu qiziq bir hodisaga olib keldi - “Barselona”dagi muxlislar do‘konlarida uning futbolkalari sotuvi keskin oshdi, garchi ilgari uning futbolkalari umuman sotilmagan bo‘lsa-da.

Muxlislar esa sotib olingan ushbu futbolkalarni qamoqxona ma’muriyati orqali futbolchiga topshirishadi, u esa o‘z ismi yozilgan liboslarga imzo qo‘yadi. Bundan hamma foyda ko‘radi. Qamoqxona ma’muriyati shu orqali muqarrar bo‘lishi mumkin bo‘lgan keskinlikni engillashtiradi, o‘yinchi tashqaridan qo‘llab-quvvatlashni his qiladi, muxlislar esa dastxat olishadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning sobiq himoyachisi tungi klubda ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsga olingan. Unga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!