Dunyoning ayni damdagi eng kuchli klubi va murabbiyi kim? Pochettino bu savolga javob berdi

  • 11 noyabr, 2023, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Menimcha, “Manchester Siti” – dunyodagi eng yaxshi murabbiyga ega eng yaxshi jamoa. Har bir chiziqda o‘yinchilar rivojlansa, bu ularning yaxshi ishlayotganligining tasdig‘idir. Biz o‘yin qiyin bo‘lishini bilamiz, lekin biz bu o‘yinda uch ochko olishni istaymiz”, - dedi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda “Manchester Siti” 11 o‘yinda 27 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bungacha Xosep Gvardiola jamoasi ketma-ket uch marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi. «Chelsi»ga kelsak, Maurisio Pochettino shogirdlari joriy chempionatda 11 uchrashuvdan 15 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!