
"Dubai Cup". O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Bugun Timur Kapadze shogirdlari musobaqadagi ikkinchi o‘yinini BAAga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda tomonlar 0:0 hisobida nursiz duranga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz dastlabki o‘yinda Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar