
Drikus dyu Plessimi yoki Xamzat Chimaev? Og‘ir vazn chempioni javob berdi
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall janubiy afrikalik Drikus dyu Plessi va rossiyalik Xamzat Chimaev o‘rtasidagi bahs uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Drikusni juda ko‘p ko‘rgan bo‘lsam-da, u haqida kam narsani bilaman. Biroq bu safar ham uning yutqazishiga ishonmayman. Plessi g‘alaba qozonish yo‘lini topadi. To‘g‘ri, Xamzat ham kuchli yigit, oktagonda haqiqiy yirtqich. U har doim raqiblarini parterga tortadi va o‘sha erda barchasini hal qiladi... Lekin shunday bo‘lsa-da, oldindan bir nima deyish qiyin. Ochig‘i, bu to‘qnashuvda kim g‘olib bo‘lishini aniq aytolmayman" - dedi Aspinall "TNT Sports" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Chimaev va dyu Plessi qarama-qarshiligi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar