
Latofatli Donna Palermoda taslim bo‘ldi
Xorvatiyalik Donna Vekich va italiyalik Elizabet Kochiaretto Palermo shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Ikki set davom etgan mazkur uchrashuvda Donna kutilmaganda raqibasiga 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Shu tariqa, "Palermo Ladies Open" turnirining chorak finalida Kochiaretto estoniyalik Anett Kontavet yoki germaniyalik Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar