Doniyor Abdumannopov: "Vahimali narsa emas"

  • 21 yanvar, 18:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Bosh murabbiy Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Yig‘in davomida terma jamoamiz bilan yordamchi murabbiylar - Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich ish olib borishadi.

Tecno

Mazkur yig‘inga Superligamizda to‘p surayotgan va o‘zini ko‘rsatgan ko‘plab o‘yinchilar jalb qilingan va ularning orasida ilk bor terma jamoadan chaqiruv olgan yigitlar ham bor. Bu esa ana shunday futbolchilar uchun o‘zlarini ko‘rsatish borasida nihoyatda muhim.

Ma’lumki, “Andijon” jamoasining yarim himoyachisi Doniyor Abdumannonov ham milliy terma jamoamizning Qatardagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgandi. Biroq futbolchi oyog‘idan engil jarohat olgani sababli terma jamoamizning mazkur yig‘inini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Aytish lozimki, aslida bu jarohat “Paxtakor” safida o‘ynab yurgan paytida OChL doirasidagi bahsda yuz bergandi.  

Lekin Doniyor “Andijon” klubi bilan Turkiya yig‘inida ishtirok etadi. Futbolchi esa jarohati haqida shunday dedi:

“Tojikistondagi yig‘inda oyog‘imni qariyb olgandim. Qolaversa, sog‘ligimda biroz muammolar ham kuzatildi. Keyin terma jamoamiz shifokorlariga ko‘rindim. Ular biroz dam berib, davolanishim zarurligini ta’kidladilar. Lekin vahimali narsa emas. Bir hafta atrofida hammasi joyiga tushadi. Xudo xohlasa, yana safga qaytaman, - deydi Abdumannopov.  

Abdumannopovda chindan katta iqtidor bor. Uni bejizga milliy terma jamoaga jalb etishmagan. Biroq jarohat unga Qatardagi yig‘inda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymadi. Shunga qaramay, o‘zi ta’kidlaganidek, bu vahimali holat emas. Doniyor tezroq tiklanib “Andijon”ning Turkiyadagi yig‘inida faol ishtirok etish harakatida. U yana terma jamoaga chaqirilishiga umid qilmoqda va bu borada o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!