
Doniyor Abdumannopov "Navbahor"da!
“Navbahor” klubi yozgi transfer oynasi yopilishi chog‘ida yana bir yangi o‘yinchi bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi.
Gap shundaki, andijonlik 22 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopovga “Navbahor”dan jiddiy qiziqish bor. Shu sababli tomonlar deyarli bir to‘xtamga kelishishdi. Futbolchi ayni paytda Namanganga etib borgan.
Abdumannopov birinchi davrada “So‘g‘diyona” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi. Qizig‘i, jizzaxliklar tarkibidagi dastlabki golini Namanganda “Navbahor” darvozasiga kiritgan bo‘lib, o‘shanda mavsumdagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgandi. Shundan keyin Doniyor “So‘g‘diyona”da ketma-ket gollar urishni boshlagan.
Fikrlar