
Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi bokschidan yana pul talab qilmoqda
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Ekaterina Bivol ikki farzandi uchun oladigan aliment miqdori haqida gapirdi.
"Mamlakatimizda qonun bor: ajrashgach, bolalarning turmush darajasi pasaymasligi kerak. Katta o‘g‘lim uch yoshidan beri xokkey bilan shug‘ullanadi – uning konkisi taxminan 72 ming rubl turadi. Uni men sotib oldim, lekin nega Bivol emas? Nega otasi bilan xokkey o‘ynagan o‘g‘lim otasisiz endi bu sportni tashlashi kerak? Hozir u oyiga 128 ming rubl to‘laydi. Aslida esa ikki bola uchun 516 ming rubl kerak", — dedi Ekaterina Bivol "Pust govoryat" dasturida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik 2023 yilda ajrashgan.
Fikrlar