
"Dinamo" o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
FIFA kunlarida milliy jamoalar ishtirokidagi o‘yinlar o‘tkazilishi bois Superligada ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi.
«Dinamo» jamoasi esa O‘zbekiston kubogi nimchorak final doirasida 8 iyun kuni «Lochin»ga qarshi muhim bahsda maydonga tushadi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu o‘yinga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» 3 iyun kuni Samarqandda Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
O‘rtoqlik o‘yini
3 iyun (seshanba)
«Dinamo» - «So‘g‘diyona»
O‘yin vaqti: 19:00
Samarqand, «Dinamo» stadioni.
Fikrlar