"Dinamo" tarkibi etakchilarning qaytishi hisobiga yana kuchaymoqda
Oldin xabar berganimizdek, «Dinamo» jamoasi 10 iyun kunidan Samarqandda mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Mart oyida mavsum boshlanishi oldidan jarohat olib, safdan chiqqan bir qator futbolchilar pandemiya sababli yuzaga kelgan katta tanaffus davrida jarohatdan tiklanib, yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshlashgandi.
Jumladan, «Dinamo» jamoasining etakchilari – yarim himoyachilar Shohrux Abdurahmonov, Damir Temirov hamda hujumchi Amirjon Safarov 10 iyun kunidan boshlanadigan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar, bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Tabiiyki, ushbu etakchilarning safga qaytishi “Dinamo” tarkibini kuchaytirmasdan qolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» pro-liga 1-turi doirasida 3 iyul kuni Farg‘onada «Neftchi» klubi mehmoni bo‘ladi. 23-28 iyun kunlari esa O‘zbekiston Kubogi saralash bosqichi doirasida o‘yin o‘tkazadi. Hozircha klubda bosh murabbiy masalasi ochiq turibdi.



Fikrlar