
Dilshod Abdumurodov - Osiyo chempioni
Boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
57 kilogramgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Dilshod Abdumurodov dastlab, birinchi raundda raqibiga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi raundda vakilimiz to‘liq ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. 3-raundda Harada Shudai hamyurtimizga umuman qarshilik ko‘rsata olmadi.
Shunday qilib, Abdumurodov raqibini nokautga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi.
Fikrlar