
Diego Simeone shogirdi Oblakni Messiga qiyosladi
EChL nimchorak final javob bahsidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Atletiko" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Diego Simeone shogirdi Yan Oblakni maqtadi va Messiga qiyosladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Shubhasiz, Oblak – dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Yan - Savich, Feliks, Felipe kabi biz uchun juda muhim.
«Atletiko»da dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor, xuddi "Barselona"da Messi bor ekanidek, – dedi Simeone.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning madriddagi bahsida mezbonlar bitta gol farqi bilan g‘alaba qozonishgandi - 1:0. Liverpulda ham ispaniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘l olishdi.
Fikrlar