
Dibalaga ikki grand klubdan aniq taklif bor
Dibala "keksa senoralar" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Kelasi hafta futbolchining agenti va klub rahbariyati muzokara o‘tkazish uchun uchrashadi.
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"The Sun" nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi xizmatiga "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Paulo uchun kurashga PSJ ham qo‘shilganligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Joriy mavsum forvard 27 o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 6 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar