
Dibala faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Argentina terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Paulo Dibala Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri ma’lum qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, 30 yoshli hujumchini "Sevilya" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Andalusiya klubi argentinalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda. Dibalaning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali hujumchini 12 million evroga baholamoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Paulo oltita o‘yin o‘tkazdi va penaltidan gol kiritdi.
Fikrlar