Di Mariya: Professional'lik tomondan Ronalduni Messidan kuchli
- 27-январ, 18:55
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
"Benfika", "Real", "Manchester Yunayted" va PSJ klublarining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Rosario Sentral" sharafini himoya qilayotgan Anxel di Mariya hujumchi Krishtianu Ronalduning professionalligi va uni Lionel Messi bilan taqqoslashi haqida gapirdi.
"Professionalilik nuqtai nazaridan Krishtianu, shubhasiz, birinchi raqamli. Uning mehnatsevarligi, o‘z darajasini ushlab tura olishi, Leo bilan raqobatlanib, doim eng yaxshi bo‘lishga intilishi chindan ham maqtovga loyiq, ammo u Messi davriga tushib qoldi va bu uning maqsadiga erishishini ancha qiyinlashtirdi.
Krishtianu tinimsiz mehnat qilishga va birinchi raqamli bo‘lishga intilishga qat’iy qaror qilgandi, ammo Messi kiyinish xonasida mate ichib, keyinchalik unda eng yaxshi bo‘lishdek ilohiy ne’mat borligini ko‘rsatdi", - deya Di Mariyaning so‘zlarini keltiradi AS.