
Di Mariya "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi...
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya 2017 yilda "Barselona"ga o‘tishi ham mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
“Men PSJda baxtliman, lekin odamlar bu erda meni aldashganini bilib qoldim. “Barselona” meni sotib olishga harakat qilgan, klublar bu borada muzokaralar ham o‘tkazishgan. Ammo, yakunda parijliklar meni qo‘yib yuborishni xohlashmagan va shu bilan hammasi tugagan.
Bu yolg‘on meni ranjitdi, lekin oxir-oqibat Parijda qolganimdan xursandman. Chunki hozir bu erda baxtliman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya PSJ safiga 2015 yil “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar