
"Devis kubogi". Ilk kungi natijalar bilan tanishing!
Bugun "Devis kubogi" saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston - Etoniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lib, Sergey Fomin ATP reytingida 224 o‘rinni egallab turgan tennischisi Mark Layalga qarshi kortga chiqdi. Bahs 4:6 6:4 6:7 hisobida estoniyalik raketkachi foydasiga yakunladi. Kunning ikkinchi uchrashuvida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov Kristian Tammga qarshi bahs olib bordi.
Unda Sultonov raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.1 soat-u 47 daqiqa davom etgan bahsda 7:6, 6:4 hisobi qayd etildi. Ikkita uchrashuv natijasiga ko‘ra, jamoalar o‘rtasidagi hisob hozircha durrang. O‘zbekiston 1-1 Estoniya. Ertaga juftlik hamda yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi.
Humoyun Sultonov/Sergey Fomin - Johannes Seem/Siim TROOST
Khumoyun Sultanov — vs — Mark Lajal
Sergei Fomin — vs — Kristjan Tamm
Eslatib o‘tamiz, juftlik g‘olibi 2015 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan "Devis kubogi" jahon saralash bosqichida ishtirok etadi.
Fikrlar