
Devid Bekxem klubi PSJ hujumchisini MLSga olib kelmoqchi
AS nashri xabariga ko‘ra, MLCh chempionati vakili "Inter Mayami" PSJ hujumchisi Edinson Kavaniga taklif tayyorladi.
Oldinroq, urugvaylik futbolchi uchun "Atletiko" da’vogarlik qilayotgan edi, ammo klublar futbolchi shartnomasining moliyaviy bandlari bo‘yicha kelisha olishmadi.
Bu vaziyatdan Devid Bekxem klubi foydalanib kolishi mumkin. Ta’kidlanishicha, angliyalik sobiq futbolchining PSJ rahbariyati bilan iliq munosabati ushbu transfer amalga oshishida muhim ro‘l o‘ynashi mumkin.
Fikrlar