
Depay terma jamoa to‘purarligida Xyuntelarni ortda qoldirdi, undan oldinda birgina futbolchi bor
Kecha yakuniga etgan JCh nimchorak final birinchi bahsida Niderlandiya AQShni mag‘lub etdi (3:1).
Uchrashuvda birinchi golga mualliflik qilgan Memfis Depay terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha (43) Klas-Yan Xyuntelarni (42) ortda qoldirdi. Ayni dam Niderlandiya safidagi eng yaxshi to‘purar Robin van Persi hisoblanib, uning hisobida 50 ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya chorak finalda Argentina bilan bahs olib boradi.
Fikrlar