
Denis Istomin bugun juftlik bahslarida kortga chiqadi
Hamyurtimiz “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning yakkalik bahslarida slovakiyalik Yozef Kovalikka imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Arizona shtati Finiks shahrida o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Biroq Denis musobaqaning juftlik bahslaridagi ishtirokini yakunlamadi. U chexiyalik sherigi Lukash Rosol bilan avstraliyalik Artyom Sitak va amerikalik Ostin Kraychek tandemiga qarshi birinchi davra bahslarini o‘tkazadi.
Fikrlar