
Dembeledan hafsalam pir bo‘ldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes klubni tark etib, PSJga o‘tib ketgan Usmon Dembelening tanlovidan xafa bo‘lganini yashirmadi.
- Dembele yaxshi o‘yinchi sifatida bizga foyda keltirardi, jamoamizning muhim bo‘lagi edi. U ketishga qaror qilgani mening hafsalamni pir qildi. Boshqa loyihani tanlagani meni hayron qoldirdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham unga muvaffaqiyat tilayman, - dedi Xavi Ernandes Marca nashriga bergan intervyusida.
Usmon Dembele aslida “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016 yili Dortmundning “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan hujumkor futbolchi Bendesliga bir mavsum o‘ynadi. Dortmundliklar 35 million evroga xarid qilingan o‘yinchini kataloniyaliklarga 135 million evroga pulladi.
Dembele 2017 yildan beri “Barselona”da o‘ynab kelayotgan edi. Shu kunga qadar 26 yoshli futbolchi uch marta Ispaniya chempioni, ikki marotabadan mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi.
Fikrlar